Yoshlar ekologik muammolarga yechim topish yo‘lida birlashmoqda
2026-07-31 15:00:00 / Yangiliklar

Xalqaro qurultoyda Belarus, Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston Respublikalari hamda Rossiya Federatsiyasidan, shuningdek, respublikamizning barcha hududlaridan yoshlar ishtirok etadi.
Tadbir doirasida bir qator tanlov va musobaqalar, taqdimot va ko‘rgazmalar, uchrashuvlar, plogging va aksiyalar, loyiha hamda tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Shu bilan bir qatorda, qurultoydan “Eng yaxshi ekologik loyiha”, “Eng yaxshi “Yosh ekologlar” harakati Kengashi”, “Eko-zakovat” va “Quvnoqlar va zukkolar” xalqaro musobaqalari va boshqa tanlovlar o‘rin olgan.
Xalqaro qurultoy yoshlarning ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini oshirish, ularni ekologiyani asrab-avaylashga keng jalb etish, ekologiya sohasidagi istiqbolli gʻoyalar hamda loyihalarini ro‘yobga chiqarish, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
