Diqqat, tanlov!
2026-07-30 10:55:00 / Yangiliklar

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;
• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;
• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim.
Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A);
• @Jonajontilim_bot telegram boti;
• Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.
