Surxondaryoda brakonyerlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2026-07-29 17:20:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani IIB tomonidan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Ma'lum bo‘lishicha, "Surxon" davlat qo‘riqxonasi xodimlari kuzatuv paytida "Sherjon" bo‘imi hududida ov qurollari bilan yurgan uch nafar shaxsni aniqlashgan. Huquqbuzarlarga bir necha marta to‘xtash ishorasi berilgan bo‘lsa-da, bo‘ysunmasdan, xodimlarga qarata o‘q uzishgan va ryukzaklarini tashlab, voqea joyidan qochib ketishgan. Ryukzaklar tekshirilganida ikki bosh hayvonning bo‘lingan go‘shtlari topilgan.
Tezkor o‘rganish ishlari davomida huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Holat yuzasidan to‘plangan barcha ma'lumotlar tuman IIBga taqdim etilgan.
Hozirda huquqbuzarlik yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
