Yomg’ir suvidan foydalanish suvni tejashga yordam beradi
2024-08-28 10:40:00 / Yangiliklar

Bu omillarning barchasi yangi muqobil resurslarni izlashga olib keladi, masalan, oqova suvlarni tozalash va yomg'ir suvlarini yig'ish. Yomg'ir suvini yig'ish va saqlash ham ekologik, ham iqtisodiy foyda keltiradi, ayniqsa, suv tanqisligiga duch kelgan hududlarda. To'g'ri saqlangan va tozalangan yomg'ir suvi bunday vaziyatlarda ishonchli suv manbayi bo'ladi.
Suv resurslarini iloji boricha samarali boshqarish uchun suv sifatini o'rganish, to’g’ri taqsimlash va suv hisobini nazorat qilish zarur. Yomg'ir suvining sifatiga birinchi navbatda urbanizatsiya, turli ifloslantiruvchi moddalar va transchegaraviy ifloslanish ta'sir qiladi. Tabiiy yomg'ir suvi biroz kislotali va o'rtacha pH 5,7 ga teng bo’ladi. Atmosferada karbonat angidrid, azot dioksidi va oltingugurt dioksidi (ikkalasi ham transport, sanoat jarayonlari va qazib olinadigan yoqilg'i ishlab chiqarish natijasida hosil bo'ladi) kabi yuqori eriydigan kislotali gazlar mavjud bo'lgan hududlarda yomg'ir suvi yanada kislotali bo'lishi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, yig'ilgan namunalardagi umumiy kislotalilik 4 mg/l dan 12 mg/l gacha (o'rtacha 6 mg/l) bo’ladi. Bu yomg’ir suvidan turli xil maqsadlarda foydalanishga imkon beradi.
Xorijiy davlatlarda yomg’ir suvidan keng foydalaniladi. Xususan, Avstraliya, Hindiston, Braziliya, Singapur va AQSH davlatlari yomg’ir suvini yig’ish va foydalanish bo’yicha uzoq yillik tajribaga ega. Bu davlatlarda ko’plab uy xo’jaliklari va korxonalar, davlat tashkilotlari yomg’ir suvidan foydalanishadi.
Yomg’ir suvidan sug'orish, ichimlik, baliqchilik, chorvachilik, maishiy xizmatlar, suzish va qurilish kabi turli xil maqsadlarda foydalanish imkoniyati bor. Filtrlangan va tozalangan yomg'ir suvini sovutish tizimlari, ishlab chiqarish jarayonlari, hojatxonalarni yuvish,kiyimlarni yuvish va tozalash kabi ichimlikka yaroqsiz maishiy xizmatlarga ishlatilishimiz mumkin. Bu ham suvni tejashga hissa qo'shadi. Shuningdek, yomg'ir suvini yig'ish chorva mollarini suv bilan ta'minlashda quruq davrda qo'shimcha suv manbai bo'lib xizmat qiladi.
