Tabrik
2024-08-26 17:30:00 / Yangiliklar

“Mehnat shuhrati” ordeni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan iqtisodiyot va madaniyatni yuksaltirish, xalq farovonligini oshirish, O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni saqlash yo‘lidagi xizmatlari uchun beriladi.
Ekologiya vazirligi xodimlari Aziz Abduqahhorovichni ana shunday yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, bitmas-tuganmas kuch va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi! Ushbu mukofot Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekistonda ekologiya va turizm sohasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shayotganligingizdan dalolatdir. Sizning fidoyiligingiz tufayli mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash, chiqindilarni boshqarish, "yashil" rivojlanish va boshqa yo‘nalishlarda ko‘plab loyihalar amalga oshirildi.
Faoliyatingiz yanada muhimroq natijalar olib kelsin, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.
