"Eko-oromgoh" musobaqalari g‘oliblari aniqlandi
2026-07-22 16:00:00 / Yangiliklar

Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan yoshlar ekologik bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan turli intellektual o‘yinlar, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan sport musobaqalari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
Xususan, "Eko-zakovat" musobaqasida jamoalar sohaga oid jami 24 ta savolga javob izlashdi. Yakunda Namangan viloyati birinchi, Toshkent viloyati ikkinchi, Xorazm viloyati esa uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, "EcoQUZ" o‘yini ham ancha murosasiz kechdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-, Sirdaryo viloyati 2-, Buxoro viloyati esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Kutilmagan, hayajonli lahzalarga boy bo‘lgan "Kahut" o‘yinida esa 1-o‘ringa Andijon viloyati, 2-o‘ringa Toshkent viloyati, 3-o‘ringa esa Buxoro viloyati munosib ko‘rildi.
Qolaversa, oromgoh davomida jamoalar o‘rtasida "Munozara" ham o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston ikkinchi, Samarqand viloyati uchinchi bo‘ldi.
Bundan tashqari, jamoalar sport musobaqalarida ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Futbol bo‘yicha Farg‘ona viloyati birinchi, Jizzax viloyati ikkinchi, Toshkent viloyati uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Voleybolda esa Toshkent viloyati tengsiz bo‘lgan bo‘lsa, Farg'ona viloyati ikkinchi, Jizzax viloyati esa uchinchi bo‘ldi. Suzish bahslarida esa Navoiy viloyati 1, Farg‘ona viloyati 2 va Toshkent shahri 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Yakunda g‘oliblar munosib taqdirlandi. "Eko-oromgoh" yoshlar uchun sohaga doir bilimlarni mustahkamlash, ekomadaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrashdek ezgu maqsad yo‘lida borasida birlashish uchun imkon yaratdi.
