"Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish borasida uchrashuv o‘tkazildi
2026-07-21 15:30:00 / Yangiliklar

Unda "Adelante" tashkiloti ekspertlari Sara Dia (Fransiya) va Fernando Saura (Ispaniya), "Expertise France" xalqaro texnik ko‘maklar tashkilotining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Maryna Moreau hamda Ekologiya qo‘mitasi mas'ullari ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi 436-son Qarori bilan “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha Harakatlar rejasi”da “yashil” iqtisodiyotga o‘tish tadbirlarini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini doimiy baholab borish, barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyalarini “yashil” o‘sish maqsadlari bilan muvofiqlashtirish hamda “yashil” o‘sish bo‘yicha davlat siyosatini davriy baholash belgilangan.
Uchrashuvda “yashil” o‘sish bo‘yicha davlat siyosatini davriy baholashdan o‘tkazish jarayoni doirasida amalga oshiriladigan ishlar, baholash metodologiyasi, manfaatdor tashkilotlarning ushbu jarayondagi ishtirokiga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bosqichlarida taqdim etilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar hamda hujjatlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.





