Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 376-son qarori qabul qilindi
2026-07-10 19:00:00 / Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 376-son qarori bilan mamlakatimizdagi ayrim togʻ tizmalari, togʻlar, choʻqqilar, daralar, dovonlar va gʻorlarning nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilib, ularga yangi nomlar berildi.
Unga ko'ra, 124 ta togʻ tizmalari, togʻlar, choʻqqilar, daralar, dovonlar va gʻorlarning nomi davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirildi va ro‘yxati tasdiqlandi.
Belgilab qoʻyildiki, endilikda normativ-huquqiy hujjatlar, xaritalar, ish yuritish hujjatlari va xizmat yozishmalarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.
Bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha republika komissiyasining xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
