Barqaror kelajak sari qadam qo‘ying: Andijon "yashil" texnikumi sizni kutmoqda
2026-07-16 15:00:00 / Yangiliklar
Texnikumda quyidagi 10 ta yo‘nalishdan birini tanlashingiz mumkin:
— intensiv bog‘lar laboranti (in-vitro laboranti);
— laborant-ekolog;
— qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xizmat ko‘rsatish;
— elektrobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servisi;
— o‘simliklar himoyasi laboranti;
— chiqindilarni qayta ishlash va boshqarish (dual);
— ekologiya, atrof-muhit muhofazasi;
— buxgalteriya hisobi va audit;
— o‘simlikshunoslik (cho‘l o‘simlikshunosligi);
— dendrologiya va landshaft agronomiyasi;
— gidrometeorologiya.
Muhim! Texnikumni muvaffaqiyatli bitirib, ingliz tilidan B2 darajaga ega bo‘lgan o‘quvchilar "Green University"ga bakalavr ta'limining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilinadi.
"Yashil" texnikumda talabalarni zamonaviy o‘quv muhiti, malakali o‘qituvchilardan sifatli ta'lim, malaka oshirish va ish bilan bandlik kabi imkoniyatlar kutmoqda. Andijon viloyati "yashil" texnikumi bilan "yashil" kelajak sari birgalikda harakat qilamiz!
Texnikum manzili: Andijon viloyati, Izboskan tumani, "Tinchlik" MFY, Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uy.
Murojaat uchun: +998 95 052 05 44,
+998 90 541 57 72, +998 50 115 70 08.
