O‘zbekiston “Global Janub ovozi” sammitida iqlim bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi
2024-08-20 18:00:00 / Yangiliklar

Sammitda 10 ta vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda muhim global muammolar, jumladan sog‘liqni saqlash, savdo aloqalari, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi. J. Kazbekov rivojlanayotgan mamlakatlar va boshqa zaif davlatlar tajribasiga bagʻishlangan “Taraqqiyot yoʻllari: iqlim oʻzgarishini yumshatish boʻyicha global janubiy istiqbol” sessiyasida 20 ta davlatning ekologiya sohasidagi yetakchilari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligini muhokama qildilar. Iqlim o‘zgarishi muammolari va barqaror rivojlanish zarurati haqida xabardorlikni oshirishga e’tibor qaratildi.
J. Kazbekov oʻz nutqida ishtirokchilarning eʼtiborini jahon va Oʻzbekistondagi iqlim muammolariga qaratdi, mamlakatning ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan kompleks yondashuvini belgilab berdi hamda iqlim oʻzgarishiga moslashish va yumshatish boʻyicha mamlakatning erishgan yutuqlari haqida maʼlumot berdi.
Vazir oʻrinbosari mamlakatimizda iqlim siyosati sohasida barcha manfaatdor tomonlarning saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirishni taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqlim bo’yicha milliy markaz va Iqlim kengashi tashkil etilgani haqida gapirdi. J. Kazbekov O‘zbekiston “yashil rivojlanish”ni respublikaning barqaror rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi sifatida ko‘rishini, unga ko‘ra mamlakatda 2030-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 35 foizga qisqartirish, “Yashil Makon” umummilliy loyihasi, 2030-yilgacha maishiy chiqindilarning 65 foizdan ortig‘ini qayta ishlash, O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi va boshqa bir qancha muhim strategiyalar hamda tashabbuslar qabul qilinganini ta’kidladi.
“O‘zbekiston global iqlim muammolarini hal etishda o‘z tajribasini baham ko‘rish va xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyor. Ishonchimiz komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf eta olamiz”, — dedi J.Kazbekov.
Sessiya yakunida barqaror rivojlanishga erishish uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Ishtirokchilar iqlim muammolarini yengish uchun kelgusida tajriba almashish va hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Yakunida Hindiston Respublikasi atrof-muhit, o‘rmon xo‘jaligi va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Lina Nandan ishtirokchilarga ma’ruzalari uchun minnatdorlik bildirib, barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasida hamkorlik yanada rivojlanishiga umid bildirdi.
