Belarus bilan oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi
2026-07-10 12:45:00 / Yangiliklar

Mazkur bitim o‘rmonlarni barqaror boshqarish, yong‘inlardan, zararli organizmlardan himoya qilish, qayta tiklash va mexanizatsiyalash, o‘rmonlar holatining o‘zgarishini tahlil qilish, baholash va prognozlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, o‘rmon xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash, o‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish va boshqa muhim jihatlarni qamrab oladi.
Bitimga ko‘ra, o‘rmon xo‘jaligi sohasida o‘zaro tajriba almashiladi, qo‘shma xalqaro tadbirlar o‘tkaziladi, ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur bitim O‘zbekiston va Belarus Respublikalari o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



