San'at va tabiat: xorijlik va mahalliy haykaltaroshlar ekologik kelajak timsollarini yaratishadi
2024-08-16 11:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov “Toshkent-2024” III Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi doirasida haykaltaroshlar ishini rasman boshlab berdi. Marosimda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayev, xorijiy va mahalliy haykaltaroshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.

14 mamlakatdan kelgan mahalliy va xorijlik rassomlar tomonidan atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi mavzusida yaratilgan haykallar Toshkent va Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida ("Green University") joylashtiriladi.
“Mening ishim mavzusi hayotimiz ramzi bo'lgan “Suvning uch shakli”. Qattiq materialda suv tasvirini yaratish juda qiziq. Mening vazifam qiziqarli ramz yaratishdir, unda har bir inson mening g'oyamni tushuna oladi va biz tabiat uchun nima qilishimiz va uni kelajak avlodlar uchun qanday saqlab qolishimiz haqida o'ylashga undaydi", - dedi belaruslik haykaltarosh Viktor Kopach.
Eslatib oʻtamiz, “Toshkent-2024” III Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi 10-avgustdan 10-sentabrgacha davom etadi.








