Bo’stonliq chiqindilardan tozalandi
2026-06-30 11:10:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida “Eko-oromgoh 2026” doirasida plogging aksiyasi o’tkazildi. Unda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 300 ga yaqin yosh eko-faollar ishtirok etdi.

Aksiya davomida belgilangan hudud 400 kgga yaqin chiqindidan tozalandi. Yakunda Xorazm viloyati birinchi o’rinni, Farg’ona viloyati ikkinchi o’rinni, Namangan viloyati esa uchinchi o’rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, bugun eko-oromgoh doirasida yoshlarning sohaga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan seminarlar o’tkazilmoqda. Oromgohda, shuningdek, turli sport musobaqalari va intellektual o’yinlar ham tashkil etiladi.






