Atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring qilish tarmog'i kengaytirildi
2026-06-29 12:40:00 / Yangiliklar

Avtomatik stansiyalar atmosfera havosi holatini tunu kun uzluksiz nazorat qilishni ta'minlaydi. Olingan ma'lumotlar real vaqt rejimida ifloslanishning eng yuqori nuqtalarini qayd etish, meteorologik sharoitga qarab ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining o'zgarishini kuzatib borish, shuningdek, ifloslantiruvchi moddalarning transchegaraviy ko'chishi ta'sirini baholash imkonini beradi.
Zamonaviy monitoring texnologiyalaridan foydalanish ekologik nazorat samaradorligini oshirishga hamda ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta'sirini kamaytirishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tabiatni muhofaza qilish choralarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda loyiha amalga oshirila boshlaganidan buyon milliy platformaning yagona ma'lumotlar bazasiga mamlakatning turli hududlarida joylashgan 28 ta atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyasi ulandi. Kuzatuv tarmog'ining kengayishi atmosfera havosi holati to'g'risida yanada to'liq va xolis ma'lumotlarni olish imkonini beradi hamda ekologik vaziyatning o'zgarishiga tezkor munosabat bildirishni ta'minlaydi.



