Respublikadagi barcha "yashil" texnikumlarga o’qituvchilar ishga qabul qilinadi!
2026-06-25 17:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University") huzurida ochilgan "yashil" texnikumlarga o’qituvchi-pedagoglar ishga qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi 110-son qaroriga muvofiq, respublikamizning barcha hududlarida "yashil" texnikumlar faoliyati tashkil qilinmoqda. Texnikumlarda quyidagi yo‘nalishlar yo’lga qo’yilgan:
— Laborant-ekolog;
— Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xizmat koʻrsatish;
— Oʻsimliklar himoyasi laboranti;
— Baliqchilik va akvakultura ishchisi;
— Intensiv bogʻlar laboranti;
— Elektrobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servisi;
— Kompyuter tarmoqlari va IT-servis;
— Asalarichi;
— Grafik va dizayn texnologiyasi;
— Sanoat ekologiyasi operatori;
— Oʻrmonchilik va koʻkalamzorlashtirish laboranti;
— Meteorologiya;
— Issiqxona va parnik xoʻjaligi laboranti;
— Kimyoviy suv tozalash apparatchisi;
— Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi;
— Aloqa operatori;
— Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
— Buxgalteriya hisobi va audit;
— Gidrometeorologiya;
— Oʻsimlikshunoslik;
— Dasturiy injiniring;
— Oʻrmonchilik va ekologiya texnigi;
— Oʻsimliklar himoyasi va karantini;
— Zooinjeneriya (faoliyat turlari boʻyicha);
— Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
— Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari servisi;
— Dendrologiya va landshaft agronomiyasi;
— Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish;
— Chiqindilarni qayta ishlash va boshqarish;
— Kadastr;
— Gidrometeorologiyada aloqa va telekommunikatsiya;
— Oʻrmon xoʻjaligi texnigi;
— Uchuvchisiz uchish qurilmalari ekspluatatsiyasi va ularni boshqarish;
— Veterinariya meditsinasi;
— Agronomiya (ekin turlari boʻyicha);
— Gidrologiya.
Texnikumlarda o‘qituvchilar uchun quyidagi qulayliklar yaratilgan:
— Raqobatbardosh oylik maosh;
— Zamonaviy jihozlangan o'quv xonalari va laboratoriyalar;
— Qulay va innovatsion ish muhiti;
— Malaka oshirish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
— Ekologiya yo'nalishidagi istiqbolli loyihalarda ishtirok etish.
Shoshiling! Markaziy Osiyoda ekologiya sohasida yagona universitet jamoasiga qo‘shiling! Zamonaviy ta'lim muhitida faoliyat yuritishni, ekologik tafakkurga ega yosh mutaxassislarni tayyorlashga o'z hissangizni qo'shishni istasangiz, sizni "yashil" texnikumlar jamoasida kutamiz.
📞Murojaat uchun: +998 (55) 512-00-77
📧 Elektron pochta: hr@greenuniversity.uz jjauzb7@gmail.com
