Eko-oromgoh atrof-muhit muhofazasiga befarq bo‘lmagan faol yoshlarni birlashtiradi!
2026-06-25 16:45:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan 29-iyun – 4-iyul kunlari Toshkent viloyatidagi “Yoshlar oromgohi”da ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan “Ekooromgoh – 2026” ekologik haftaligi tashkil etiladi.
Eko-oromgoh vazirlik, idora va tashkilotlarning ekologik diplomatiya yo‘nalishidagi 300ga yaqin mas’ul xodimlar, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, volontyor va ekofaollarni oʻz atrofida birlashtiradi.
Oromgoh doirasida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari, plogging musobaqalari, ekologik loyihalar, tanlovlar, madaniy va sport tadbirlari tashkil etiladi.
Eko-oromgoh yoshlarning ekologik madaniyatini, atrof-muhitga daxldorlik hissini oshirish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, eko-faollarni tabiatni asrashdek ezgu maqsad yo‘lida birlashtirish, yoshlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishga xizmat qiladi.
