Atmosferaga chiqariladigan uglerodni 15-20 foizgacha kamaytirishga erishilgan
2024-08-08 19:45:00 / Yangiliklar

Ushbu tadqiqotning maqsadi atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatadigan sanoat chiqindilarni avtoklavda qayta ishlab, sementga faol mineral qoʻshimcha olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot obyekti sifatida katta miqdorda hosil boʻladigan, ekstraksion fosfor kislota ishlab chiqarish jarayoni chiqindisi – fosfogips (hozirgi kunda 70-80 mln tonna yigʻilib qolgan va bir necha oʻn gektar maydonni egallab yotibdi) билан Angren issiqlik stansiyasi kul-shlaklarini автоклавда qayta ishlab, sementga faol mineral qoʻshimcha va qoʻshimchali sement oʻrganilgan.
Ta'kidlash joizki, sement ishlab chiqarishda texnogen chiqindilardan foydalanib (fosfogips, kul-shlak), yangi turdagi sementga faol mineral qoʻshimcha — “fosfozol” olish texnologiyasi yaratilgan. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi texnogen chiqindilarni qayta ishlab olingan “fosfozol”ni sementga 20 foiz qoʻshish orqali GOST talablariga javob beradigan 400 markali sement olingan.
Yaratilgan texnologiya асосида 500 ming tonnadan ortiq sanoat chiqindilari utilizatsiya qilingan, GOST talablariga javob beradigan 3 000 000 tonnadan ortiq qoʻshimchali sement ishlab chiqarilgan va iqtisodiy samaradorlik qariyb 350 milliard soʻmni tashkil etgan.
Shuningdek, sanoat chiqindilaridan ikkilamchi xom-ashyo sifatida foydalanish hisobiga anaʼnaviy usulda sement ishlab chiqarishda 5 foiz miqdorda qoʻshiladigan 150 ming tonna gips tejab qolingan. Yangi texnologiya boʻyicha sement ishlab chiqarishda sarflanadigan tabiiy gaz 20 foizgacha tejalib, atmosferaga chiqariladigan uglerod emissiyasini 15-20 foizgacha kamaytirishga erishilgan.
Dissertant tomonidan olingan ilmiy asoslangan natijalar sanoat chiqindilarini kamaytirishga, noruda materiallar ва energiya resurslarining tejalishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa, atmosferaga uglerod emissiyasini kamaytirishga va atrof-muhitni sogʻlomlashtirishga hizmat qiladi!
