Yoshlarning murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi
2026-06-24 14:45:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuvda alohida e’tibor va ishlash talab etiladigan 34 nafar yosh bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Yakunda bildirilgan murojaat va takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Shuningdek, yoshlarning dunyoqarashi, ijtimoiy faolligi va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy hamda sayohat tadbirlarini tashkil etish rejalashtirildi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda Qo‘mitaga biriktirilgan 39 nafar yosh bilan manzilli ishlash natijasida ularning murojaat va muammolari to‘liq hal etilib, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha zarur amaliy ko‘maklar ko‘rsatildi.


