Ijro intizomiga doir navbatdagi yig'lish o'tkazildi
2026-06-17 19:00:00 / Yangiliklar

Vazir o‘rinbosari I.Qutbiddinov olib borgan yig‘ilishda qo‘mita markaziy apparati mas’ullari, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Unda 2026-yilning ikkinchi choragida ijro intizomining holati, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlil qilindi.
Qayd etilishicha, “Ijro.gov.uz” tizimida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga kelib tushgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari bo‘yicha 2026-yilning yanvar-iyun oylarida 1173 ta topshiriq ijrosini ta’minlash belgilangan. Joriy yilning 17-iyun holatiga ko‘ra, mazkur topshiriqlardan 1075 tasi (yoki 91,6 foizi)ning ijrosi ta’minlandi. Qolgan 98 ta topshiriq ijrosi bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
2026-yil 117-iyun holatida jami topshiriqlarning 112 tasi (9,5 foizi) ijrosida muddat kechikishiga yo‘l qo‘yilgan. Qolgan topshiriqlarning barchasi belgilangan tartibda nazoratdan yechilgan.
Bugungi kunda chorak yakunigacha “Ijro.gov.uz” tizimida qo‘mita tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijrosining borishi qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari hisobotlarining muhokamalari natijalari bo‘yicha belgilab olinadigan va topshiriqlar ijrosini jadallashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar asosida kundalik nazorat rejimida davom ettirilmoqda.
Yig‘ilish davomida tizim orqali nazoratga olingan hujjatlarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati ham muhokama qilinib, har bir topshiriq ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar belgilandi.




