“Orolqum”dagi fotoqopqonga qoraquloq muhrlandi
2026-06-12 11:45:00 / Yangiliklar

Qoraquloq butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanib, O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning I Ilovasiga kiritilgan. Ustyurt yassi tekisligi, Amudaryoning quyi oqimida, O‘zbekistondan tashqarida esa Qozog‘iston, Turkmaniston, Eronning shimoli va Afg‘onistonda tarqalgan. Cho‘llarning barxanli va mustahkamlashgan qumli qismlari, gipslashgan tekisliklar, ba'zan cho‘llashgan tog‘ etaklari va to‘qayzorlarda yashaydi.
Yashash tarzi yozda tunlari faol, yilning boshqa fasllarida kunduzi ham ovga chiqadi. Quyonlar, kemiruvchilar, ba'zan tuyoqlilar, qushlar, tipratikan, tulki, sudralib yuruvchilar, ilon va bo‘g‘imoyoqlilar, ba'zan o‘limtiklar bilan oziqlanadi. 19 yilgacha yashaydi.
Ma'lumot uchun, Orolqum milliy tabiat bog'i 2022-yil 4-martda Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanida tashkil etilgan. Hududda 25 tur hayvonot dunyosi vakillari uchraydi, shundan 4 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.


