#ekspertfikri
2026-06-09 09:30:00 / Yangiliklar

“Ushbu Assambleya dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan insonlarni yagona ezgu maqsad — insoniyat farovonligi yo‘lida tabiatni asrash g‘oyasi atrofida birlashtiradi. Aynan shu jihat uning o‘ziga xos ahamiyati va qadrini belgilaydi. GEF Kengashi yig‘ilishi bir maydonda hukumatlar vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, sayyoramizni asrashga o‘z hissasini qo‘shishni istagan insonlarni jamlaydi. Zero, Yer — bizning yagona uyimiz.
O‘zbekiston GEF oilasining bir qismiga aylanmoqda va Global ekologik fondga moliyaviy hissa qo‘shishni boshlamoqda. Bu, shubhasiz, juda quvonarli va muhim yangilik. Bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan maqsadlarni qo‘llab-quvvatlashga yangi davlatning qo‘shilishi alohida e’tirofga loyiq voqeadir.
Bu O‘zbekiston o‘z ustuvor yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilayotganini va ekologik masalalarga katta e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi. Eng muhimi, bu O‘zbekiston xalqining tabiatni muhofaza qilish ishiga yuksak mas’uliyati va sadoqatini namoyon etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Assambleyaning ochilish marosimi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaati nihoyatda samimiy va ta’sirli bo‘ldi. Unda hamkorlik, sayyoramizni asrash va tabiatning insoniyat farovonligidagi beqiyos o‘rni haqida kuchli hamda ilhomlantiruvchi fikrlar yangradi.
Biz dolzarb masalalarni qamrab olgan ushbu murojaat uchun, mazkur tashabbus doirasida O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi uchun, shuningdek, GEF Bosh Assambleyasining ochilish marosimida yangragan samimiy va mazmunli so‘zlar uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
