Rasmiy munosabat
2026-05-29 19:00:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘z echkiemarlarini o‘ldirish holatlari, “Animal Life in Uzbekistan” telegram kanalida brakonerlik, noqonuniy ov va hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatga oid xabarlar berilayotgani, shuningdek, yovvoyi va yirtqich hayvonlarni xususiy qo‘llarda saqlash, ularni sotish hamda reklama qilish holatlari yuzasidan tarqalgan xabarlar jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda muhofaza etiladigan maxsus tabiiy hududlarda ayrim shaxslar tomonidan noqonuniy qazish va kovlash ishlari olib borilayotgani, bu esa o‘simlik va hayvonot dunyosining yashash muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi murojaatlar ham tarqalgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlarni to‘plash, holatlarni har tomonlama o‘rganish hamda qonunchilik talablari asosida huquqiy baho berish maqsadida Ekopolitsiya xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
