Yaponiyaning OISCA tashkiloti bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
2026-06-01 10:40:00 / Yangiliklar

Erkin Muhiddinov mehmonlarga mamlakatimizda keyingi yillarda yashil hududlarni kengaytirish, cho‘llanishning oldini olish va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida yangi o‘rmonzorlar barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Hujjatga muvofiq, mamlakatimizda yangi o‘rmonlar barpo etish va muhofaza qilish, shuningdek, o‘rmonlardan barqaror foydalanishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar izchil amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda respublikaning qurg‘oqchil va degradatsiyaga uchragan hududlarida cho‘llanishning oldini olish hamda atmosfera havosining tozaligini ta’minlash maqsadida “yashil qoplamalar” barpo etiladi. Tomonlar, shuningdek, ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish va noyob daraxt turlarining urug‘larini mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish masalalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Shu bilan birga, o‘rmon xo‘jaligi sohasida ilmiy tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Seminarlar, treninglar, o‘quv kurslari va forumlarni birgalikda tashkil etish rejalashtirilgan.


