Global ekologik fond rahbari Samarqandga yetib keldi
2026-05-29 09:50:00 / Yangiliklar
Samarqand xalqaro aeroportiga ilk tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlardan biri Global ekologik fondning bosh direktor vazifasini bajaruvchisi hamda strategiya va operatsiyalar bo‘yicha direktori Klod Gaskon bo‘ldi. Yuqori martabali mehmonni Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov boshchiligidagi Ekologiya qo‘mitasi vakillari kutib oldi.
O‘zbekiston tomoni hamrohligida delegatsiya xalqaro tadbirlar o‘tkaziladigan “Silk Road Samarkand” turistik majmuasiga yo‘l oldi. Aynan shu yerda navbatdagi mintaqadagi eng yirik ekologik tadbirlardan biri bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir ekologiya, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilish uchun dunyoning 185 dan ortiq mamlakati vakillarini birlashtiradi.
