22-may — Xalqaro bioxilma-xillik kuni
2026-05-22 10:30:00 / Yangiliklar

2022-yilda dunyo davlatlari Kunmin–Monreal Global bioxilma-xillik dasturini qabul qilib, tabiatni tiklash yo‘lida muhim qadam tashladi. 2030-yilgacha degradatsiyaga uchragan ekotizimlarning 30 foizini tiklash, yer va suv hududlarining katta qismini muhofaza qilish hamda bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha aniq maqsadlar belgilandi. Bu — tabiatni himoya qilish endi tanlov emas, balki global zarurat ekanini anglatadi.
2026-yilgi shior — “Mahalliy harakat — global ta’sir uchun”. Chunki katta o‘zgarishlar har doim kichik qadamlardan boshlanadi. Daraxt ekish, suvni tejash, tabiatga befarq bo‘lmaslik yoki ekologik madaniyatni targ‘ib qilish — bularning barchasi sayyoramiz kelajagi uchun muhim hissadir.
Mazkur kampaniya shoshilinch harakat qilish zarurligini ham ta'kidlaydi. Chunki 2026-yildan boshlab Global bioxilma-xillik dasturi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun atigi to‘rt yil qoladi. Biz aynan hozir harakat qilishimiz lozim.
