"ARTepa" galereyasida shveysariyalik rassomning ko‘rgazmasi ochilmoqda
2026-05-20 10:30:00 / Yangiliklar

Ko‘rgazma Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligining Markaziy Osiyo san’at va madaniyat dasturi (CAACP) bilan uzoq yillik hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “Art Station: o‘zini erkin ifoda etish, badiiy ijod, inklyuziv muloqot va jamiyat rivoji chorrahasi” loyihasi doirasida taqdim etilmoqda. Loyiha “Pro Helvetia” hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan.
Ko‘rgazmaning asosiy mavzularidan biri ekologiya hisoblanadi — u tabiatning alohida obrazi sifatida emas, balki kundalik odatlar, iste’mol madaniyati va atrof-muhitga ta’sir qiluvchi takrorlanuvchi harakatlarning bir qismi sifatida talqin qilinadi. Ko‘rgazmada inson xulq-atvori bilan atrofimizdagi dunyo holati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka e’tibor qaratiladi.
Manzil: Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, Astronomiya parki
Vaqti: 20-may, soat 19:00
Ko‘rgazma 31-iyulgacha davom etadi. Kirish bepul. Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif etamiz.
