Ekologik toza hududlardan foydalanish tartibi kuchaytirildi
2026-05-15 15:30:00 / Yangiliklar

Unga ko‘ra, ekologik toza hududlarda kurort tabiiy hududlar va rekreatsiya zonalari rejimida belgilangan cheklovlar hamda taqiqlar bilan bir qatorda ekologik tizimlarning barqarorligi buzilishiga va tabiiy landshaftlarning ko‘rinishi hamda yer osti suvlarining gidrogeologik holati o‘zgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlandi.
Shuningdek, qonunga ko'ra, tabiiy obyektlarga va majmualarga salbiy ta’sir qiluvchi sanoat obyektlarini qurish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan plastik mahsulotlarni (bundan tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) ishlab chiqarish, realizatsiya qilish (yetkazib berilishi va sotilishi) ham mumkin emas.
Bundan tashqari, ekologik toza hududlarda faoliyati natijasida oqova suv hosil qiluvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish obyektlari hamda avtomobil yuvish shaxobchalari oqova suvlarni tozalash inshootlari bilan jihozlanishi, tegishli ravishda tozalangan oqova suvlarni oqizib yuborish uchun maxsus tarmoqlarga ulanishi yoki ularda oqova suvlarni to'plash uchun muqobil inshootlar qurilishi, aylanma suv ta'minoti joriy etilishi va ulardan samarali foydalanilishi shart.
Qolaversa, ekologik toza hududlarda davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida aniqlangan muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va majmualarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
