Qoraqalpog‘istonda reyd tadbirlari kuchaytirilgan tarzda davom etmoqda
2026-05-13 17:00:00 / Yangiliklar

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida chiqindilarni noqonuniy joylarga tashlagan huquqbuzarlarga qat'iy choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, hududlarda 565 ta ma’muriy huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 575,3 mln so‘m jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, 1241 ta maxsus texnika va 7000 nafardan ortiq ishchi xodim jalb qilinib, 124 ta noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi. Qolaversa, 3103 tonna chiqindi maxsus poligonlarga olib borildi.
Bundan tashqari, nazorat tadbirlari davomida 271 ta qurilish obyekti o‘rganilib, quruvchi tashkilotlarga yozma ko‘rsatmalar berildi. 76 ta quruvchi tashkilot va Chiqindi poligonlarni boshqarish direksiyasi o‘rtasida shartnomalar tuzildi 5092 ta avtomashinaga maxsus stikerlar rasmiylashtirildi.
Shu bilan birga, aholi o‘rtasida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik va tozalikka rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham davom ettirilmoqda. Jumladan, hududlarda 61 ta banner o‘rnatilib, 790 ta (15 ta TV, 9 ta radio, 7 ta matbuot, 759 ta ijtimoiy tarmoqlarda) targ‘ibot chiqishlari amalga oshirildi.
Bu boradagi ishlar nazoratga olinib, tizimli ravishda davom ettirilmoqda.



