Samarqandda qum-shag’al bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi
2026-05-13 11:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekopolitsiyasi Zarafshon daryosi va uning muhofaza hududlarini nazorat qilish bo’limi xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Toyloq tumanida navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida tumandan oqib o‘tuvchi moratoriy joriy qilingan “Zarafshon” daryosining o‘zan qismidan bir guruh fuqarolar tomonidan tungi soat 01:30 atrofida davlat raqamisiz WOLVO rusumli ekskavator yordamida qum-shag’al aralashmasi KAMAZ, HOWO rusumli yuk avtomashinalariga yuklanayotganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 295 milliard 238 million 402 ming 640 so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi. Hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ma'lumot uchun, avvalroq Samarqandda Ekopolitsiya tomonidan "Qoradaryo" bo‘yida noqonuniy qazish ishlari to‘xtatilgan edi.

