Qashqadaryodagi sanoat korxonasiga 11 milliard so’mga yaqin qo’shimcha kompensatsiya belgilandi
2026-05-12 15:40:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida korxona tomonidan bir qator qonunbuzilish holati sodir etilganligi aniqlandi. Xususan, zavodda qurilish va boshqa turdagi chiqindilar noqonuniy joylashtirilganligi hamda atrof-tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi, chiqindilarni joylashtirishdan hosil bo’lgan chang zarralari atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko’rsatib kelayotganligi, zararli gazlar yoqilishi natijasida esa atmosfera havosiga oltingugurt, uglerod hamda azot oksidlari me'yoridan ortiq darajada chiqarilayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida gazni tozalashdan hosil bo’lgan oqova suvlar neft mahsulotlari aralashgan holda ochiq maydonlarga tashlanayotganligi ma’lum bo’ldi.
Holat yuzasidan korxonaga nisbatan 10 milliard 834 million so’m qo’shimcha kompensatsiya va 7 banddan iborat bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berildi. To'plangan hujjatlar esa sudga yuborildi.







