"Surxon" davlat qo‘riqxonasida morxo‘rlar galasi tasvirga olindi
2026-05-06 11:40:00 / Yangiliklar

Morxo‘r butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning I Ilovasiga kiritilgan. Asosan, Ko‘hitang, Boysuntog‘ va Bobotog‘ tog‘ tizmalari hududlarida tarqalgan. Tabiiy yashash areali Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston hududlariga ham tutashadi.
Morxo‘rlar 1500–2500 metr balandlikdagi qoyali, toshloq yonbag‘irlarni afzal ko‘radi. Yoz faslida esa yanada baland — 3000 metrli alp o‘tloqlarigacha ko‘tariladi. Aynan mana shu hududlar ularning erkinligi va yashash manzilidir. Poda bo‘lib yashaydi, mavsumiy ko‘chadi. "Surxon" davlat qo‘riqxonasida soni barqarorlashgan.
Ma'lumot uchun, "Surxon" davlat qo‘riqxonasi 1986-yil 8-sentabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tashkil etilgan. Hududda 200 turga yaqin hayvonlar uchraydi, 20 dan ortiq turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Eng ko'p uchraydigan hayvonlar morxo'r va Buxoro tog' qo'ylaridir.
