Nurobodda 50 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari barpo etiladi
2026-05-05 17:30:00 / Yangiliklar

Ma’lumot uchun, Nurobod tumanida 2026-yildan 2036-yil yakuniga qadar Nurobod tumanida jami 50 ming gektar maydonda pista plantatsiyalarini barpo etish rejalashtirilgan. 2026-yilda esa 5 ming gektar maydonda intensiv pista plantatsiyalari barpo etish, suv ta’minoti infratuzilmasini yaratish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish maqsad qilingan. Joriy yilning bahorgi mavsumida 252 gektar hududda ko‘chatdan, 290 gektar hududda esa urug‘dan pista plantatsiyalari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida 500 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
Ta'kidlash joizki, mazkur tashabbus degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va ulardan samarali foydalanishga xizmat qiladi. Agrotexnik talablarga ko‘ra, pista daraxtlari 6–7 yilda hosilga kiradi va 12-yildan boshlab yuqori hosildorlikka erishiladi.
Hozirda Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan yerlarni o‘rganish, tuproq-iqlim tahlili va ekish sxemalari ishlab chiqilmoqda. Loyiha yakunida yer degradatsiyasining oldini olish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududning ekologik barqarorligini ta’minlash maqsad qilingan.





