Qo‘ng‘ir ayiq Yuqori To‘palangdagi fotoqopqonda
2026-05-04 15:45:00 / Yangiliklar

Qo‘ng‘ir ayiq O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning I Ilovasiga kiritilgan bo‘lib, zaif, keng, biroq mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. G‘arbiy Tyan-Shan, g‘arbiy Pomir-Oloyda tarqalgan, tog‘larning dengiz sathidan balandligi 1500-3500 m bo‘lgan o‘rta va yuqori qismlarida — tog‘ o‘rmoni, siyrak o‘rmon, subalp va alp o‘tloqlarida yashaydi.
Qo‘ng‘ir ayiq mart-oktabrda ko‘pincha ertalab va kechki paytlari faol, inlariga berkinadi va o‘sha yerda qishlaydi ham. Ikki yilda bir marta – yanvar-fevralda bolalaydi. Mevalar, ildizlar, ba'zan sut emizuvchilar, hasharotlar, o‘laksalar bilan oziqlanadi. 30 yilgacha yashaydi.
Ma'lumot uchun, "Yuqori Toʻpalang" milliy tabiat bog‘i 2022-yilning 4-mart kuni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tashkil etilgan. Bog'da 100 ga yaqin umurtqali hayvonlar, 10 dan ortiq sut emizuvchilar, 20 turga yaqin qushlar, 10 dan ortiq turdagi sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar uchraydi.
Sutemizuvchilarning 9 turi, qushlarning 9 turi, sudralib yuruvchilarning 2 turi, baliqlarning 2 turi hamda umurtqasizlarning 6 turi O'zbrkiston Qizil kitobiga kiritilgan.
