Andijonda onlayn kuzatuv kameralari orqali bir qancha huquqbuzarliklar aniqlandi
2024-07-11 11:40:00 / Yangiliklar

Xususan, Andijon viloyati Andijon tumanida fuqarolar O.L., S.S., N.A. lar noqonuniy chiqindi tashlagani ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, Andijon shahrida A. G'., O.M., B.U. va X.Z.lar ham xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etishgan.
Yuqoridagi holatlarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Har bir huquqbuzar BHMning bir barobari — 340 ming so‘mdan jarimaga tortildi.
Ma'lumot uchun, ayni damda Andijon, Buxoro, Namangan, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida onlayn kuzatuv kameralari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, bu kameralar respublikamizning qolgan hududlarida ham o‘rnatiladi. Ushbu kameralar nafaqat noqonuniy chiqindi tashlash, balki barcha turdagi ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.
