Orolboʻyida ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi
2026-04-24 16:00:00 / Yangiliklar

Xalqaro haftalikda xorijiy mehmonlar, Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va hududlardan Qoraqalpog‘istondagi oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan yoshlar, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining ekologiya yo‘nalishidagi talaba-yoshlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi harbiy xizmatchilarning voyaga yetgan oila a’zolari, qozoq, rus, koreys, ukrain, turkman milliy madaniy markazlari vakillari ishtirok etadi.
Xalqaro haftalik doirasida “Orolboʻyi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasida Orolboʻyida daraxtzorlarni tashkil etish, sho‘rlanishni kamaytirish, cho‘llanishning oldini olish, Orolboʻyi hududlarida istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan loyihalar ilgari suriladi. “Daraxt ekish” aksiyasida esa “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida birgalikda daraxt va ko‘chatlar ekiladi.
Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sport bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “10 ming qadam” jamoatchilik loyihasi doirasida piyoda yurish marafoni, badminton sport musobaqasi, open-air konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Qolaversa, haftalik doirasida tarixiy obidalar, jumladan, Xo‘jayli tumanida joylashgan antik davrga oid Mizdakxon kompleksi, I. Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi hamda Orolbo‘yi hududlariga sayohatlar tashkil etiladi.
