Jajji bolajonlar tabiatga doir betakror suratlar yaratishdi
2026-04-24 10:45:00 / Yangiliklar

Ma'lumot uchun, tanlov Ekologiya qo‘mitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kasbiy ta’lim agentligi bilan hamkorlikda MTT tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim hamda rassomlik va dizaynga ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-7, 8-10, 11-13 va 14-16 yoshdagi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.
MTT tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi final bosqichida barcha hududlardagi bosqichlarda g‘olib bo‘lgan bolajonlar ishtirok etdi. Tanlov davomida jajji ishtirokchilar tabiatning noyob manzaralarini o‘z nigohlari bilan tasvirlashdi va bir-biridan betakror suratlar chizishdi.
Yakunda o‘g‘il bolalar o‘rtasida Timur Alisherov 1-o‘rinni (Toshkent shahri), Salohiddin Shokirov 2-o‘rinni (Farg‘ona viloyati) va Usmonjon Ubaydullayev 3-o‘rinni (Samarqand viloyati) qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida esa 1-o‘rin Kumushoy Tursunbekovaga (Xorazm viloyati), 2-o‘rin Fotima Murodqulovaga (Samarqand viloyati), 3-o‘rin esa Mubina Hasanovaga (Navoiy viloyati) nasib etdi. G‘oliblar munosib taqdirlandi.
Tanlovning rassomlik va dizaynga ixisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida respublika bosqichi 7-may kuni, umumiy o‘rta ta’lim maktablar o‘quvchilari o‘rtasida hududiy bosqichlar esa 1-mayga qadar bo‘lib o‘tadi. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning ishlari Samarqandda o‘tkaziladigan Global ekologik fondning VIII assambleyasi va “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasida taqdim etiladi.
Mazkur tanlov bolalar va yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda badiiy estetik didni shakllantirish, tabiatga boʻlgan mehr-muhabbatni oshirish va ekologik madaniyatni shakllantirish, bolalarni atrof-muhitni asrash, uni goʻzallik bilan idrok etish hamda tabiat bilan uygʻun yashashga oʻrgatish, yosh rassomlarning isteʼdodini kashf etish va ularni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.









