Toshkentda O‘zbekistonning mehmondo‘stlik sohasi rivojlanishiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi
2024-07-05 13:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Mehmonxonalar Аssotsiatsiyasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ko‘magida o‘tkaziladigan konferensiyada yetakchi mutaxassislarning chiqishlari, panel muhokamalar, muvaffaqiyatli kompaniyalar haqida muhim ma'lumotlar hamda tarmoq va yangi biznes imkoniyatlari taqdim etiladi.
Tadbirda quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
— mehmonxona va restoran biznesi menejerlari hamda mutaxassislari;
— turizm sohasini nazorat qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari vakillari;
— yashil texnologiyalar, barqaror rivojlanish va raqamlashtirish sohasidagi mutaxassislar;
— O'zbekistonda ekologik jihatdan mas'uliyatli va texnologik jihatdan ilg'or mehmondo'stlikni rivojlantirishdan manfaatdorlar.
Konferensiya quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
— Yashil turizm va mehmondo'stlik sohasidagi so'nggi tendensiyalar hamda innovatsiyalardan xabardor bo‘lish;
— tajriba almashish va yangi biznes aloqalarini o'rnatish;
— yangi hamkorlar va investorlar topish.
Mazkur konferensiya yashil texnologiya va mehmondo'stlik sektoriga sarmoya kiritish afzalliklari haqida xabardorlikni oshirish, O‘zbekistonda raqamli mehmondo‘stlikni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rsatish hamda "HoReCa" sanoatida innovatsiyalar va ilg'or tajribalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Konferensiyada qatnashish va boshqa qo‘shimcha ma'lumotlar uchun +998 97 144-48-46, +998 97 144-48-47 telefon raqamlariga murojaat qiling!
