Lolaqizg‘aldoqlarga zarar yetkazayotganlarga qat’iy choralar ko’rilmoqda
2026-04-21 15:30:00 / Yangiliklar

Har ikki holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi inspektorlari (Ekopolitsiya) tomonidan o’rganildi. O’rganish natijasida birinchi holatda tabiatga 6 million 592 ming so’m zarar yetkazilganligi hisoblandi. Shuningdek, ikki nafar huquqbuzar A.J. va G. B. ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan (10 million 300 mingdan), jami 20 million 600 ming jarima belgilandi.
Ikkinchi holatda ham tabiatga 6 million 592 ming so’m zarar yetkazilganligi ma’lum bo’ldi. Huquqbuzar M.R.ga nisbatan esa MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 50 baravari (20 million 600 ming so’m) jarima tayinlandi.
Ikki holatda huquqbuzarlar jami 54 million 384 ming so’m to’laydigan bo’ldi.
