Rasmiy munosabat!
2026-04-18 13:45:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko’kdala tumanidagi lolazor hududida transport vositalarida harakatlanilganligi aks etgan video tarqaldi. Holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan o’rganildi.
O’rganish davomida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar aniqlanib, ularga tegishli transport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Shuningdek, huquqbuzarlik natijasida tabiatga 6 mln 592 ming so’m miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi. Shuningdek, uchala huquqbuzarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan (20 million 600 ming so’mdan), jami 61 mln 800 ming so’m jarima tayinlandi. Huquqbuzarlar jarima va zararni birgalikda to’lashi belgilandi.
Ekologiya qo’mitasi yurtdoshlarimizni atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga, o’simliklarni asrab-avaylashga chaqiradi. Unutmang, har qanday ekologik huquqbuzarlik qat’iy javobgarlikka sabab bo’ladi.
