Buxoroda tabiatga katta miqdorda zarar yetkazgan tadbirkorga jazo tayinlandi
2026-05-04 16:05:00 / Yangiliklar
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bo‘yicha hukm o‘qildi.

Ma'lumot uchun, avvalroq Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan Olot tumani hududidan o‘tuvchi Jondor kanalida qazish ishlari olib borish jarayonida yuridik shaxs (firma rahbari) tomonidan 154 tup qimmatbaho turung‘ul daraxtlari kestirilanganligi aniqlangan edi.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 1 milliard 302 million so‘m zarar yetkazilgan va ish sudga oshirilgan edi.
Sud hukmiga ko‘ra, tabiatga yetkazilgan 1 milliard 302 million so‘m zarar javobgar yuridik shaxsdan undirilishi belgilandi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.


