Amir Temur ekologik barqarorlikka alohida e'tibor qaratgani ta'kidlandi
2026-04-10 10:15:00 / Yangiliklar
9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlandi. Xususan, Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida bobokalonimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Tadbirda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda qo‘mita tizim tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etib, Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi. Shuningdek, Sohibqironning atrof-muhitni asrash, bog‘lar yaratish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishga alohida e'tibor qaratganligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, tadbir davomida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ekskursiya ham tashkil etildi. Unda Sohibqiron tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, yaratilgan bog‘lar, mustahkam davlatchilik tizimi haqida va boshqa muhim ma'lumotlar berildi.






