"Mening bog‘im" loyihalarida jamoatchilik ishtiroki kengaytiriladi
2026-04-09 10:20:00 / Yangiliklar

Farmonga ko‘ra, "Mening bog‘im" loyihalarini tashkil etish jarayonlari takomillashtiriladi, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlar joriy qilinadi. Xususan, "Ochiq budjet" axborot portalidagi tanlovda g‘olib bo‘lmagan kamida bitta loyiha saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan g‘olib deb e'lon qilinadi.
Shuningdek, loyihalar hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv ta'minotiga mos ravishda shakllantiriladi. Loyiha uchun yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirishda birinchi navbatda tegishli tuman (shahar)lar markazidagi, aholi doimiy gavjum bo‘lgan hududlardagi hamda ko'p qavatli uylar atrofidagi bo'sh yer maydonlariga e'tibor qaratiladi.
Muhim!
Yashil bog‘lar va yashil jamoat parklarini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Farmonga ko‘ra, “Mening bog‘im” loyihalari doirasida yashil bog‘lar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va o‘simliklar ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyoti joriy qilinadi.
