Turkiston silovsini fotoqopqonda
2026-04-08 11:45:00 / Yangiliklar

Turkiston silovsini zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Tog‘larning o‘rta va yuqori qismlari, ko‘pincha sochma-toshloq va qoyalarga yaqin joylarda yashaydi. Asosan, tunda, ba'zan kunduzi ham faol. Ozuqa topolmasa, ko‘chishi mumkin. 17 yilgacha yashaydi, asosan, quyonlar bilan oziqlanadi. Hisor qo‘riqxonasida o‘tgan yilgi kuzgi sanoq natijalariga ko‘ra, 230 bosh Turkiston silovsini qayd etilgan.
Ma'lumot uchun, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi 1983-yilda tashkil etilgan. Qo‘riqxona Qashqadaryo viloyatidagi Hisor tog‘ tizmasining janubiy qismida, dengiz sathidan 1750 metrdan 4349 metrgacha balandlikda joylashgan.
Qo‘riqxona janubi-sharq tomondan Surxondaryo viloyati, shimol tomondan Tojikiston bilan chegaradosh. Qo‘riqxona hududida umurtqasiz (hasharotlar) va umurtqali hayvonlarning 276 turi uchrashi aniqlangan. Ulardan 8 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.


