Yangiyo’lda tabiatga 1 mlrd so’mdan ziyod zarar yetkazildi
2026-04-07 10:30:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi (Ekopolitsiya) xodimlari tomonidan Yangiyo‘l shahrida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida Yangiyo‘l shahri Lazzat “MFY”da S.B. MCHJ tomonidan hududdagi jami 121 tup daraxt noqonuniy ravishda kesilganligi hamda maxsus texnika yordamida qo‘porib tashlanganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlik natijasida, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qaroriga asosan, o‘simlik dunyosiga 1 mlrd 67 million 574 ming 400 so’m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo’ldi.
Holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.




