Ekologik talablarga rioya qilmagan korxonalar faoliyati to‘xtatildi
2026-04-07 10:00:00 / Yangiliklar

Xususan, korxonalardan birida ekspertiza xulosasida ko‘rsatib o‘tilmagan bir dona pech noqonuniy o‘rnatilgan bo‘lib, undan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar havoga zarar yetkazayotgani ma’lum bo‘ldi. Yana bir korxonada esa metalni eritish jarayonida ajralib chiqadigan zararli moddalarni tozalash inshootlari umuman o‘rnatilmagan.
Natijada har ikki korxona faoliyati 10 kun muddatga vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalarning oldini olish maqsadida ushbu korxonalarni Toshkent shahridan ko‘chirish tavsiya qilindi.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, avvalroq Fazlitdin Salomov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o’zgarishi milliy qo’mitasi raisi o‘rinbosari — Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.



