Yoshlar ekotizimlarni saqlab qolish uchun insoniyat ta'sirini kamaytirish lozimligini ta'kidlashdi
2024-06-28 12:30:00 / Yangiliklar

Shuningdek, ishtirokchilarga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl, FAOning O'zbekistondagi vakili o'rinbosari Sherzod Umarov, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ham hamrohlik qildi.
Tashrif davomida ishtirokchilar bog‘, to‘qayzorlar va kamyob tur hisoblangan Buxoro bug‘ularini ko‘zdan kechirdilar. Shu bilan birga, ekotizimlarni saqlab qolish uchun antropogen ta’sir, ya’ni inson aralashuvini kamaytirish lozimligi ta’kidlandi. Ushbu tajriba turli mamlakatlar eko-faollari uchun ekotizimlarni saqlab qolish va ko‘chib yuruvchi hayvon turlari uchun transchegaraviy bog‘larni yaratish bo‘yicha faol harakat va tashabbuslarga turtki bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, Samarqandda 2-bor tashkil qilingan Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi turli mintaqa yoshlarini atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida birlashtirdi. Yoshlar tabiatni asrash, dolzarb ekologik muammolarga yechim izlash borasida anchagina faol va jonkuyar ekanliklarini namoyish etishmoqda.






