Qashqadaryoda tabiatga 248 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
2026-04-03 18:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o’zgarishi milliy qo’mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) hamda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbiri o’tkazildi.
Reyd tungi soat taxminan 01:00 lar atrofida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosi hududida olib borildi. Reyd davomida, moratoriy joriy qilinganligiga qaramasdan, huquqbuzar tomonidan go‘yoki baliq ko‘li tashkil etish bahonasida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinib, sotib kelinayotganligi aniqlandi.
Holat natijasida tabiatga 248 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda barcha zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish choralari ko'rilmoqda.
