Julietta Biao Koudenukpo, BMTning O‘rmonlar bo‘yicha forumi (UNFF) Kotibiyati direktori:
2026-04-03 15:30:00 / Yangiliklar

Ishonamanki, O‘zbekiston hukumati qat’iyati bilan cho‘l hududlarini tezlashtirilgan sur’atlarda yashillashtirish mumkin. Biroq o‘tgan tajribalarni inobatga olish va barcha tashabbuslarning markaziga jamoalarni qo‘yish muhimdir. O‘rmonlarning kesilishi va degradatsiyasiga qarshi kurashda haqiqiy va barqaror natijalarga erishish mahalliy jamoalarning faol ishtirokiga bog‘liq.
Yana bir muhim omil — ta’limdir. Ta’lim har qanday taraqqiyotning asosi hisoblanadi. Talabalarni ushbu tashabbuslarga jalb etish va ularni zarur bilimlar bilan ta’minlash nihoyatda muhimdir. Shu bilan birga, sayyoramiz kelajagini belgilovchi uchta asosiy omil mavjud: yoshlar, texnologiyalar va ayollar. O‘zbekistonning aynan shu yo‘nalishlarga sarmoya kiritish muhimligini anglab yetayotgani quvonarli.
O‘zbekiston allaqachon “yashil” rivojlanish va ekologik barqarorlik sohasida kuchli yetakchilikni namoyon etdi. Ushbu forum mintaqani o‘rmonlarga asoslangan yechimlar va barqaror yer resurslaridan foydalanish sohasida yetakchi sifatida namoyon etish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
