“Mening bog‘im” loyihasining joriy yilgi mavsumi boshlandi
2026-04-02 12:45:00 / Yangiliklar
“Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘im” loyihasining 2026-yilgi mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.
Jarayon uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda (1–10-aprel) fuqarolar tomonidan portalga loyiha takliflari kiritiladi. Ikkinchi bosqichda kelib tushgan (11–20-aprel) loyihalar belgilangan talab va mezonlar asosida saralab olinadi. Uchinchi bosqichda esa (21–30-aprel) tanlangan loyihalarga ovoz beriladi.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar g‘olib deb topilib, manzilli ro‘yxat asosida moliyalashtiriladi va “yashil bogʻ” hamda “yashil jamoat parklari” barpo etiladi.
