Sirdaryoda baliqlar elektr qarmoq yordamida ovlanganligi aniqlandi
2026-04-01 21:30:00 / Yangiliklar

Reyd davomida tungi soat 23:30 larda Sardoba tumanida joylashgan “Sardoba” suv ombori hududidan o‘tuvchi markaziy Mirzacho‘l kanalida fuqarolar tomonidan taqiqlangan ov quroli hisoblangan elektr qarmoq yordamida 5 turdagi jami 54 dona baliqlar noqonuniy ovlanganligi aniqlandi.
Natijada “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi hamda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 32, 34 va 51-moddalari qo‘pol ravishda buzilgan. Hayvonot dunyosiga 733 million 360 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.
Ma'lumot uchun, avvalroq Tuyaboʼgʼiz suv ombori hududida elektr toki yordamida baliqlar noqonuniy ovlangan va huquqbuzarlar ozodlikdan mahrum etilgan edi.
